“Soy barhayot!”: 33-yil ilgari mashhur qo‘shiqchi avtohalokatda fojiali halok bo‘lgandi

Obuna bo‘lish
"Mi jdom peremen", "Kukushka" kabi qo‘shiqlarni eshitmagan kishi bo‘lmasa kerak.
1990 yil 15-avgust kuni Viktor Soy avtohalokatda fojiali halok bo‘lgan. “Kino” guruhi yetakchisi, shoir, xonanda, rassom va aktor endigina 28 bahorni qarshi olgan edi.
Fojia Riga yaqinida, Sloka-Talsi yo‘lining 35-kilometrida ro‘y bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Viktor Soy “Moskvich” mashinasini haydab ketayotib, uxlab qolgan va katta tezlikda “Ikarus” avtobusiga borib urilgan.
1991 yil 12-yanvar kuni o‘limidan oldin yozilgan “Chorniy albom” dunyo yuzini ko‘rdi. Viktor Soy qo‘shiqlari o‘limidan o‘n yillar o‘tsa ham mashhur va sevib tinglanmoqda.
"Gruppa Krovi", "Zvezda po imeni Solnse", "Mi jdom peremen", "Kukushka" kabi qo‘shiqlarni eshitmagan kishi bo‘lmasa kerak.
Yangiliklar lentasi
0