Bugun Toshkentning qator tumanlarida gaz bo‘lmaydi — manzillar

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Shayxontohur, Uchtepa, Yangihayot, Bektemir va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz bo‘lmaydi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning qator tumanlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi.
Poytaxtning Shayxontohur, Uchtepa, Yangihayot, Bektemir va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz bo‘lmaydi.
Shayxontohur va Uchtepa tumanlari
Unga ko‘ra, soat 08:00 dan Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari: 3-sonli Markaziy issiqlik qozonxonasi, “Suzuk ota” MFY 150 ta, “Samarqand Darvoza” 2 ta 12-qavatli uy, “Tinchlik” MFY 350 ta yerli xonadon, “Ilg‘or” MFY 450 ta xonadon, “Jar ariq” MFY 300 ta yerli xonadon, “Ko‘kcha” MFY 350 ta, “Islomobod” MFY 150 ta yerli xonadon, “Yangi shahar” MFY 300 ta yerli xonadon, 1 ta 9 qavatli uy, “Obinazar” MFY 250 ta yerli xonadon, 9 ta ko‘p qavatli uy, “Katta hovuz” MFY 350 ta yerli xonadon, “Oqlon” MFY 200 ta yerli xonadonlar.
Ulgurji iste’molchilar: "Tapchan" restoran, "Tapchan" kafesi, "Mumtoz" restorani, Uyg‘ur milliy taomlari va kepsi, Uyg‘ur qizil kafe norin, 1-sonli shifoxona, "Tanho" kafesi, "Diydor" choyxonasi, "FeedUp", Avtosalon 2-ta, Ko‘kcha masjid, Ko‘kcha koshonasi, "Oqsoy" uyg‘ur milliy taomlari.
Uchtepa tumanining Bog‘ichinor, Istirohat, Shaftolizor mahallalarida 500 ta aholi iste’molchilari hamda 11 ta ulgurji iste’molchilarida gaz bo‘lmaydi.
Yangihayot va Bektemir tumanlari
Yangihayot tumanining Choshtepa mahallasida soat 15:00 dan 18:00 gacha 53 ta aholi iste’molchilari va 2 ta ulgurji iste’molchilarida vaqtincha gaz bo‘lmaydi.
Bektemir tumanining Oltintopgan mahallasida 220 ta aholi iste’molchilari va 6 ta ulgurji iste’molchilari vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi.
Qolaversa, Sergeli tumanining Madaniyat, Xalqobod, Birdamlik, Shukrona, Qo‘shqo‘rg‘on, Xonobodtepa, Nomdanak mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish soat 11:00 dan 16:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Gaz bo‘lmaydigan aholi iste’molchilari soni 5838 ta, ulgurji iste’molchilari soni 34 taga teng.
Yangiliklar lentasi
0