Toshkentda ilk bor "EduCO Fest" yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi — dastur

© Foto : CentralParkSentralniy park imeni Mirzo Ulugbeka.
Sentralniy park imeni Mirzo Ulugbeka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Festival yakunlari bo‘yicha yashil ta’limga qiziquvchi yoshlarning ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkentda ilk bor "EduCO Fest" yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida 18-avgust kuni ilk bor "EduCO Fest" yoshlar festivali o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, festivalda Markaziy Osiyoda yoshlar uchun qiziqarli va talabga ega bo‘lgan yashil ta’lim konsepsiyasini targ‘ib etiladi. Shuningdek, yoshlarning O‘zbekistondagi yangi loyihalar va institutlar haqida xabardorligi oshiriladi.

“Festival yakunlari bo‘yicha yashil ta’limga qiziquvchi yoshlarning ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, ular bilan kelgusida turli loyihalarda hamkorlik qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Yoshlar festivali dasturi:
17:00 - 23:00 – Yashil o‘quv burchagi. Yashil ma’ruzalar - "Pecha-kucha" formatidagi qisqa nutqlar. Taqdimotni hududiy yosh ekofaollar, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillari olib boradilar.
15:00 - 21:00 - EKO ZAKOVAT. 17-25 yoshli yosh ishtirokchilar jamoalari uchun ekologiya bo‘yicha savollardan iborat viktorina o‘yini.
16:00 - 22:00 - SWAP BOZOR. 17:00 - 20:00 - Kiyimlarni bezash va bo‘yash bo‘yicha master-klass.
17:00 - 23:00 - Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti, hamkor va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan burchak. Ekologiya sohasida akademik imkoniyatlar taqdimoti.
17:00 dan 23:00 - karer burchagi. Xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti talabalari uchun potensial amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etadi.
18:00 - 20:00 - "Dalahast" va "Nashvan"ning musiqiy chiqishlari.
Ma’lumot uchun, tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Festivalda ishtirok etish bepul.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – ekologiya sohasidagi ta’limni rivojlantirish va mamlakatda ekologiya hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdir.
Yangiliklar lentasi
0