Til bilganga — bir million: Tibbiyot texnikumi talabalariga qo‘shimcha stipendiya

© Foto : Press-slujba ministerstva ZdravooxraneniyaTibbiyot talabalari
Tibbiyot talabalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Stipendiya tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga beriladigan to‘lovga qo‘shimcha ravishda beriladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 2023/2024 o‘quv yilidan O‘zbekistonda xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot oliygohlari va Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari uchun stipendiya joriy etildi. 11-avgust kuni sog‘liqni saqlash vaziri tegishli buyruqni imzoladi.
Da’vogar talabalar ingliz tilini bilish darajasi xalqaro tan olingan sertifikat IELTS Academic bo‘yicha kamida 7,5 ballga ega bo‘lishi kerak. Nemis va fransuz tilini bilish darajasi bo‘yicha S1 xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
“2023 yil 1-sentabrdan boshlab ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida (990 ming so‘m) har oylik stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi”, - deyilgan xabarda.
Bu stipendiya tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga beriladigan to‘lovga qo‘shimcha ravishda beriladi.
Stipendiya olish uchun oliygoh rektorlari hamda texnikum direktori har chorakda nomzodlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotni vazirlikning Ilm-fan va ta’lim boshqarmasiga kiritib boradi.
Yangiliklar lentasi
0