Rossiya va Xitoy do‘stligi uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagan — Li Shanfu

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishXitoy mudofaa vaziri Li Shanfu
Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu Moskva va Pekin do‘stligi uchinchi davlatlarga tahdid solmaysligini aytdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Moskva va Pekinning harbiy sohadagi hamkorligi uchinchi davlatlarga qarshi qaratilgan emas, dedi Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasida.
Harbiy boshqarma boshlig‘i Rossiya Federatsiyasi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar faol rivojlanishda davom etayotganini ta’kidladi. Xususan, har ikki davlat keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik sari izchil qadam tashlayotgani aytib o‘tildi.
“Harbiy sohadagi Xitoy-Rossiya munosabatlari ittifoqchilik, qarama-qarshilikni rad etish va uchinchi davlatlarga qarshi yo‘naltirmaslik namunasini ko‘rsatdi”, - dedi Li Shanfu.
Vazir o‘z chiqishida XXR yetakchisi Si Szinpin tomonidan taklif etilgan Global xavfsizlik tashabbusini eslatib o‘tdi. Unda yagona, umumiy, birgalikda erishilgan va barqaror xavfsizlik qurish, o‘zaro muloqot va hamkorlik prinsiplariga amal qilish, qarama-qarshilik, blokchilik qarashlardan voz kechish taklif etiladi.
Ushbu tashabbusda dunyoning barcha davlatlari tinchlikka intilishi zarurligi, paydo bo‘layotgan kelishmovchiliklarni dialog yo‘li bilan hal etish, kambag‘allikka qarshi birgalikda kurashishni (chunki kambag‘allik beqarorlik manbai) nazarda tutadi.
Xitoy birovning ichki ishlariga "burun suqish", o‘z xavfsizligini boshqalardan ustun qo‘yish, boshqalarni rivojlanishdan to‘xtatib turishga urinish kabi harakatlarni keskin qoralaydi.

XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumani

XI Moskva Xalqaro xavfsizlik anjumani 15-avgust kuni bo‘lib o‘tmoqda. Unda global va mintaqaviy barqarorlik muammolari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Yevropada xavfsizlikning turli jihatlari muhokama qilinmoqda.
Rossiya Federatsiyasi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasiga 102 ta davlat va sakkizta xalqaro tashkilotni taklif qildi, ular orasida G‘arb davlatlari yo‘q. Forumga taklif etilganlar orasida Xitoy, Hindiston, Turkiya, Isroil, Janubiy Afrika, Meksika, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar bor.
Shuningdek BMT, KXShT, ShHT, ASEAN, Arab davlatlari ligasi va Afrika ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0