https://oz.sputniknews.uz/20230815/qirgiziston-bolalar-ortasida-noananaviy-jinsiy-munosabatlar-37873623.html
Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiqlandi
Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiqlandi. Hujjatga ko‘ra, bolalar salomatligi yoki rivojlanishi uchun zararli axborotlar, xususan, oilaviy va an’anaviy ijtimoiy qadriyatlarni inkor etadigan, noan’anaviy jinsiy aloqalarni targ‘ibot qiladigan va ota-onaga yoki boshqa oila a’zolariga hurmatsizlikni shakllantiradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2023-08-15T13:46+0500
2023-08-15T13:46+0500
2023-08-15T14:03+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
qirg‘iziston
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0f/37874158_0:107:1158:758_1920x0_80_0_0_bfc829e0455bb1f31809d05e49b326f4.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiqlandi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tegishli qonunni imzoladi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.Ta’kidlanishicha, qonun bolalar va o‘smirlarning axloqiy, jismoniy, psixologik va ijtimoiy salomatligini ta’minlash, saqlash va mustahkamlash uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish maqsadida qabul qilinganHujjatga ko‘ra, bolalar salomatligi yoki rivojlanishi uchun zararli axborotlar, xususan, oilaviy va an’anaviy ijtimoiy qadriyatlarni inkor etadigan, noan’anaviy jinsiy aloqalarni targ‘ibot qiladigan va ota-onaga yoki boshqa oila a’zolariga hurmatsizlikni shakllantiradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.Bundan tashqari, bolalar o‘rtasida giyohvandlik, tamaki, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish maylini uyg‘otuvchi axborot tarqatish taqiqlandi. O‘ziga zarar keltiruvchi, zo‘ravonlik va noqonuniy xulq-atvorni oqlovchi, beadab so‘zlar bo‘lgan axborot va pornografiyani ham tarqatish mumkin emas.Bolalar sog‘lig‘i yoki rivojlanishiga zarar yetkazadigan axborotni, jumladan, ommaviy axborot vositalari yoki internet orqali tarqatganlik uchun aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0f/37874158_117:109:1036:798_1920x0_80_0_0_9614ccc8050406a49e61b1844e26e0f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘izistonda bolalar noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiq
qirg‘izistonda bolalar noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiq
Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiqlandi
13:46 15.08.2023 (yangilandi: 14:03 15.08.2023) Bundan tashqari, bolalar o‘rtasida giyohvandlik, tamaki, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish maylini uyg‘otuvchi axborot tarqatish taqiqlandi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida noan’anaviy jinsiy munosabatlarni targ‘ibot qilish taqiqlandi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov
tegishli qonunni imzoladi, deya
yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Ta’kidlanishicha, qonun bolalar va o‘smirlarning axloqiy, jismoniy, psixologik va ijtimoiy salomatligini ta’minlash, saqlash va mustahkamlash uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish maqsadida qabul qilingan
Hujjatga ko‘ra, bolalar salomatligi yoki rivojlanishi uchun zararli axborotlar, xususan, oilaviy va an’anaviy ijtimoiy qadriyatlarni inkor etadigan, noan’anaviy jinsiy aloqalarni targ‘ibot qiladigan va ota-onaga yoki boshqa oila a’zolariga hurmatsizlikni shakllantiradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, bolalar o‘rtasida giyohvandlik, tamaki, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish maylini uyg‘otuvchi axborot tarqatish taqiqlandi. O‘ziga zarar keltiruvchi, zo‘ravonlik va noqonuniy xulq-atvorni oqlovchi, beadab so‘zlar bo‘lgan axborot va pornografiyani ham tarqatish mumkin emas.
Bolalar sog‘lig‘i yoki rivojlanishiga zarar yetkazadigan axborotni, jumladan, ommaviy axborot vositalari yoki internet orqali tarqatganlik uchun aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.