https://oz.sputniknews.uz/20230815/prezident-daraxt-jazo-qonun-rad-etish-37863622.html
Prezident daraxt kesganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
Prezident daraxt kesganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar va senatorlar tomonidan qabul qilingan qonun rad etildi. Hujjatda daraxt kesganlik uchun 1000 dollargacha jarima qo‘llash nazarda tutilgan.
2023-08-15T10:49+0500
2023-08-15T10:49+0500
2023-08-15T11:24+0500
jamiyat
o‘zbekiston
daraxt kesilishi
alisher qodirov
qonun
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556447_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f4b2ca9e0eea723a6187de8d3c1f29d7.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Prezident daraxt kesganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni rad etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.Qayd etilishicha, daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQShda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million dollargacha jarima belgilangan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq senatorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi qonunni maqullashgan edi. Mazkur hujjatda daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdorlari oshirish nazarda tutilgan. Shuningdek, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida ushbu huquqbuzarliklar takror sodir etilsa 15 sutkaga qamoqqa olish choralari belgilanishi aytilgan.Shahar Xalq deputatlari kengashining 16-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, 2023-2027 yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi. Hujjatda, 75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi nazarda tutilgan.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda oilada yangi farzand dunyoga kelganda, to‘y, yubiley va tug‘ilgan kun marosimlarida daraxt ekish kabi ezgu an’anani tiklash muhimligini aytgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556447_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_cf6a4a946d47035e1b873bd61d2d82b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident daraxt kesish jazo qonun rad etish deputatlar senatorlar
prezident daraxt kesish jazo qonun rad etish deputatlar senatorlar
Prezident daraxt kesganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
10:49 15.08.2023 (yangilandi: 11:24 15.08.2023) Deputatlar va senatorlar tomonidan qabul qilingan qonun rad etildi. Hujjatda daraxt kesganlik uchun 1000 dollargacha jarima qo‘llash nazarda tutilgan edi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Prezident daraxt kesganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni rad etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov o‘zining
Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQShda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million dollargacha jarima belgilangan.
“Bizda bu harakat uchun 1000 dollargacha jarima ko‘zda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. E’tiroz to‘g‘ri, qonunni qayta ko‘ramiz”, - deb yozadi deputat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq senatorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi qonunni maqullashgan edi.
Mazkur hujjatda daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdorlari oshirish nazarda tutilgan. Shuningdek, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida ushbu huquqbuzarliklar takror sodir etilsa 15 sutkaga qamoqqa olish choralari
belgilanishi aytilgan.Shahar Xalq deputatlari kengashining 16-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, 2023-2027 yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi. Hujjatda, 75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi
nazarda tutilgan.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda oilada yangi farzand dunyoga kelganda, to‘y, yubiley va tug‘ilgan kun marosimlarida daraxt ekish kabi ezgu an’anani tiklash muhimligini
aytgan edi.