O‘qishni ko‘chirayotgan talabalar imtihon o‘tadigan binolar bilan tanishishi mumkin — vazirlik

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyentlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari paytida.
Abituriyentlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari paytida. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabalarga binoni borib ko‘rish imkoniyati yaratildi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabalar bugun imtihon o‘tadigan binoni borib ko‘rish mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar bugun soat 10:00 dan 12:00 ga qadar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib ketishlari mumkin.

“Test topshiriladigan bino va vaqti talabgorning imtihonga kirish ruxsatnomasida ko‘rsatilgan”, - deyiladi xabarda.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0