https://oz.sputniknews.uz/20230815/maxachkala-zapravka-kuchli-portlash-video-37860038.html
Maxachkaladagi "zapravkada" kuchli portlash yuz berdi — video
Maxachkaladagi "zapravkada" kuchli portlash yuz berdi — video
Sputnik O‘zbekiston
Dog‘iston poytaxtida 15-avgustga o‘tar kechasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor. Portlash avtoservisda boshlangan yong‘in AYoQShga ham o‘tgan. Portlash qurbonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyoti bilan Moskva kasalxonalariga yetkaziladi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatiladi.
2023-08-15T08:54+0500
2023-08-15T08:54+0500
2023-08-15T11:21+0500
dunyoda
rossiya
dog‘iston
yong‘in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/18/22347030_0:90:2859:1698_1920x0_80_0_0_07d760ed0c0178353ea07916b196ffa0.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Maxachkaladagi portlash natijasida qurbonlari soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyoti markazi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Dog‘iston poytaxtida 15-avgustga o‘tar kechasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Portlash avtoservisda boshlangan yong‘in AYoQShga ham o‘tgan.Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyoti markaziga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 27 kishiga yetdi.Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chiruvchilari yoqilg‘i quyish shoxobchasida 600 kv.m maydonda yong‘in sodir bo‘lganligini aniqlashdi.Shu bilan birga, Dog‘istonga kelgan Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko keyinroq kasalxonalarda jabrlanganlarning 66 nafari yotganini, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir ekanini aytdi.Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-avgust kuni kechqurun Maxachkaladagi trassada avtoservis yonib ketgan, yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan, shundan so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish uchun Dog‘istonga uchib ketdi.Portlash qurbonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyoti bilan Moskva kasalxonalariga yetkaziladi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatiladi.Favqulodda holat holati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi tomonidan JKning 238-moddasi 3-qismi bilan (iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
dog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/18/22347030_239:0:2620:1786_1920x0_80_0_0_03a27fea1fce4d7fdc8724e0cfa98171.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dog‘iston yoqilg‘i quyish shoxobchasi kuchli portlash maxachkala video xabar yangilik sunggi
dog‘iston yoqilg‘i quyish shoxobchasi kuchli portlash maxachkala video xabar yangilik sunggi
Maxachkaladagi "zapravkada" kuchli portlash yuz berdi — video
08:54 15.08.2023 (yangilandi: 11:21 15.08.2023) Dog‘iston poytaxtida 15-avgustga o‘tar kechasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Maxachkaladagi portlash natijasida qurbonlari soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyoti markazi ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Dog‘iston poytaxtida 15-avgustga o‘tar kechasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Portlash avtoservisda boshlangan yong‘in AYoQShga ham o‘tgan.
Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyoti markaziga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 27 kishiga yetdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chiruvchilari yoqilg‘i quyish shoxobchasida 600 kv.m maydonda yong‘in sodir bo‘lganligini aniqlashdi.
"Avvalroq Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 kishi halok bo‘lgani va 56 kishi jarohat olgani, jumladan, 13 nafar bola haqida xabar bergan", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Dog‘istonga kelgan Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko keyinroq kasalxonalarda jabrlanganlarning 66 nafari yotganini, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir ekanini aytdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-avgust kuni kechqurun Maxachkaladagi trassada avtoservis yonib ketgan, yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan, shundan so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish uchun Dog‘istonga uchib ketdi.
Portlash qurbonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyoti bilan Moskva kasalxonalariga yetkaziladi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatiladi.
Favqulodda holat holati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi tomonidan JKning 238-moddasi 3-qismi bilan (iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.