Aripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishAbdulla Aripov, arxiv surat
Abdulla Aripov, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Bosh vazir boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasini Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qabul qildi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-sslujba premyer-ministra Respubliki UzbekistanAripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
10-e zasedanie mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Kirgizstanom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Suhbat avvalida Aripov Qirg‘iziston prezidentiga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘z navbatida, Qirg‘iziston rahbari mamlakat yetakchisini va butun O‘zbekiston xalqini prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.
© Press-sslujba premyer-ministra Respubliki UzbekistanAripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
10-e zasedanie mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Kirgizstanom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taminlash, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport, suv va qishloq xo‘jaligi hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.
15-16 avgust kunlari Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasi qo‘shni davlatda bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0