O‘zbekiston U15 futbol jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratdi

© Foto : UFAYosh o‘zbekistonlik futbolchilar Saudiya Arabistoni vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi
Yosh o‘zbekistonlik futbolchilar Saudiya Arabistoni vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yoshlar bu tur saudiyalik tengqurlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Kecha, 13-avgust kuni, “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri” doirasida yosh o‘zbekistonlik futbolchilar Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi maydonga tushdi.
O‘zbekistonlik yoshlar bu turda saudiyalik tengqurlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston jamoasi turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Gol muallifi: Sardorbek To‘laganmirzayev.
11-15 avgust kunlari Toshkentda futbol bo‘yicha “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri” bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston, Chernogoriya, Saudiya Arabistoni va BAA jamoalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0