Turkiya bilan to‘qimachilik sohasida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilishi mumkin

© Ministerstvo visshego obrazovaniV Ministerstve Visshego obrazovaniya proshla vstrecha s rukovodstvom tureskogo universiteta Ege
V Ministerstve Visshego obrazovaniya proshla vstrecha s rukovodstvom tureskogo universiteta Ege - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya universiteti O‘zbekistonda to‘qimachilik va charm sanoati sohasida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil qilishi mumkin.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Turkiya universiteti to‘qimachilik va charm sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil qilinishi mumkin. Bu haqida Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Oliy ta’lim vaziri birnichi o‘rinbosari Komiljon Karimov Turkiyaning Ege universiteti rektori Nedjet Budak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda oliy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan qo‘shma ta’lim dasturi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida 2023-yilning sentabr oyida Ege universiteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan “Charmni qayta ishlash va charm buyumlar texnologiyasi” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yuzasidan muzokara o‘tkazishiga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0