Qirg‘iziston Qozog‘istonga Kirov suv omboridan suv yetkazib berishni to‘xtatdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishTalasskaya oblast v Kirgizstane
Talasskaya oblast v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, Talas vodiysi manbalarida suv sathi juda pastligicha qolmoqda.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Avgust oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab Qirg‘iziston Qozog‘istonni Talas darosi orqali suv bilan ta’minlashni to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Qozog‘iston bilan suv taqsimoti har yili sug‘orish davri boshlanishidan oldin suvni tortib olish jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi, biroq bu yil “manbalardagi suv miqdori kamligi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, faqat iyun oyida tasdiqlangan”.
Iyul oyida Bishkekda ikki davlat vakillari o‘rtasida Chu va Talas darolari bo‘ylab suv taqsimoti masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qozog‘istonliklar Jambil viloyatiga sug‘orish suvi yetkazib berilishi munosabati bilan Talas darosi havzasidagi suv masalasi muammoli ekanligi haqida ma’lum qilib, Kirov suv omboridan suv oqimini 18-iyuldan 31-iyulgacha soniyasiga 45 kubometrgacha oshirishni so‘rashdi.

“Qozog‘iston tomoni soniyasiga 45 kubometr tezlikda suv yetkazib berilganda, 1-avgustga kelib Qozog‘istonning ulushi jami 3,54 million kubometrni tashkil etishi, bu miqdor 10 kubometr tezlikda yetkazib berilganda ham, 2023-yil 4-avgustgacha tugashi haqida xabardor qilingan. Qozog‘iston yuqoridagi so‘rovidan voz kechmadi. Qirg‘iziston suvni aylanish jadvalini joriy qilish orqali suv olish limitini saqlab qoldi, garchi Qirg‘iziston Respublikasi dehqonlari ham sug‘orish suviga juda muhtoj bo‘lsa-da. Talas vodiysi manbalari sathi juda pastligicha qolmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qozog‘iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Galidulla Azidullin va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi xizmati direktori Almazbek Sokeyev protokol imzoladilar. Unga ko‘ra avgust oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab Qozog‘istonga Talas darosi bo‘ylab suv yetkazib berilmaydi.
“Kirov suv omborida suv oqimi oshsa, Qozog‘iston uchun suv yig‘ish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda suv omboriga suv oqimi sekundiga bir kubometrni tashkil etmoqda, suv oqimining ortishi kuzatilmayapti. 2022-yilda suv oqimi sekundiga 13,7 kub metr suvni tashkil etdi. Qozog‘iston chegara bo‘ylab kollektor-drenaj tarmog‘i orqali Talas kanalidan soniyasiga 5—8 metr hajmda suv olish imkoniyatiga ega”, — deya tushuntirdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0