O‘zbekiston delegatsiyasi uchun tarixda qolgan Belarus-2023: o‘yinlar yakunlandi — foto, video
07:09 14.08.2023 (yangilandi: 11:27 14.08.2023)
© NOKO‘zbekiston delegatsiyasi uchun tarixda qolgan Belarus-2023
© NOK
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy va oltin medallar soni bo‘yicha MDH o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Joriy yil 4-avgust kuni Belarusda boshlangan ikkinchi MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
© NOKBelarus-2023 voshla v istoriyu dlya delegatsii Uzbekistana
© NOK
Bu bilan O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy va oltin medallar soni bo‘yicha MDH o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
Ochiq formatda o‘tgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi o‘yinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.
© NOKBelarus-2023 voshla v istoriyu dlya delegatsii Uzbekistana
© NOK
Kecha musobaqaning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrog‘i 2025-yil o‘tkaziladigan uchinchi MDH o‘yinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi.
© NOKBelarus-2023 voshla v istoriyu dlya delegatsii Uzbekistana
© NOK
Yakuniy kun dasturida o‘zbekistonlik quyidagi sportchilar shohsupadan joy olishdi:
Oltin:
Qobuljon Ahmedov (-64 kg, sambo)
Ixtiyor Eshmurodov (-98 kg, sambo)
Nazina Abdullayeva (-45 kg, muay-tay)
Anisjon Hakimov (-57 kg, muay-tay).
Kumush:
Muxlisaxon Qodirberganova (-65 kg, sambo)
Jasmina Immayeva (-53 kg, ayollar kurashi)
Sevinch Toshpo‘latova (-67 kg, muay-tay)
Zubayr Husanov (-54 kg, muay-tay)
Muxlisbek G‘anijonov (-67 kg, muay-tay)
Abdulfattoh Aliakbarov (-71 kg, muay-tay)
Alisulton Hojiyev (-84 kg, karate)
Bonu Egamberdiyeva (-68 kg, karate)
Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg, karate).
Bronza:
Voleybol bo‘yicha yigitlar terma jamoasi
Madina Salohiddinova (-80 kg, sambo)
Charos Ozodova (+80 kg, sambo)
Nigina Sobirova (-62 kg, ayollar kurashi)
Feruza Esenbayeva (-68 kg, ayollar kurashi)
Anastasiya Zayseva (-51 kg, muay-tay)
Aziza Ma’murova (-60 kg, muay-tay)
Davlat Shamsiyev (-60 kg, muay-tay)
Ilos G‘ulomjonov (-63.5 kg, muay-tay)
Rahmatjon Xodjayev (-75 kg, muay-tay)
Samandar Abdiyev (kata, karate)
Zulxumor Tursunaliyeva (-61 kg, karate)
Iroda Akbarova (-68 kg, karate).