Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari qachon bo‘ladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
1-smenada soat 08:00 dan 11:00 ga qadar;
1-smenada soat 15:00 dan 18:00 ga qadar.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Avvalroq 13-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab barcha hududlarda OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlangani xabar qilingan edi.
Abituriyent, arxiv surat
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0