https://oz.sputniknews.uz/20230814/jurnalistlarga-zoravonlik-qilgan-qurilish-xodimi-ishdan-boshatildi-37857551.html
Jurnalistlarga zo‘ravonlik qilgan qurilish xodimi ishdan bo‘shatildi — O‘TY
Jurnalistlarga zo‘ravonlik qilgan qurilish xodimi ishdan bo‘shatildi — O‘TY
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Temir yo‘llari jurnalistlarga to‘sqinlik qilgan ko‘prik qurilish kolmpaniyasi ish boshqaruvchisini ishdan bo‘shatdi. 14.08.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-08-14T21:49+0500
2023-08-14T21:49+0500
2023-08-15T11:56+0500
jamiyat
jurnalist
o‘zbekiston temir yo‘llari
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0e/37818590_0:67:806:520_1920x0_80_0_0_d168a8ab7afac8b9352f0d3d6938d96e.jpg
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Jurnalistlarga zo‘ravonlik qilgan qurilish xodimi ishdan bo‘lshatildi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati OAV vakillariga zo‘ravonlik ko‘rsatib, ularga qarshi kuch ishlatgan xodim - "Ko‘prikqurilish" tresti unitar korxonasi 67-Ko‘prikqurilish otradi ish boshqaruvchisi T.Eshniyazovning ishini keskin qoralaydi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Ko‘prikqurilish" tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi obyektida "Zo‘rTV" telekanali muxbiri va tasvirchisi haqoratlangani va ularga kuch ishlatilgani aks etgan video tarqalgan edi.Shundan so‘ng O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) jurnalistlar kamerasi sindirilishi va kaltaklanishi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0e/37818590_37:0:730:520_1920x0_80_0_0_6386560f1e5e421ac02590b6860185f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jurnalist, o‘zbekiston temir yo‘llari, hodisalar
jamiyat, jurnalist, o‘zbekiston temir yo‘llari, hodisalar
Jurnalistlarga zo‘ravonlik qilgan qurilish xodimi ishdan bo‘shatildi — O‘TY
21:49 14.08.2023 (yangilandi: 11:56 15.08.2023) O‘zbekiston Temir yo‘llari jurnalistlarga to‘sqinlik qilgan ko‘prik qurilish kolmpaniyasi ish boshqaruvchisini ishdan bo‘shatdi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Jurnalistlarga zo‘ravonlik qilgan qurilish xodimi ishdan bo‘lshatildi, deb
xabar qilmoqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati OAV vakillariga zo‘ravonlik ko‘rsatib, ularga qarshi kuch ishlatgan xodim - "Ko‘prikqurilish" tresti unitar korxonasi 67-Ko‘prikqurilish otradi ish boshqaruvchisi T.Eshniyazovning ishini keskin qoralaydi.
"Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, bugunning o‘zida T.Eshniyazovning Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Ko‘prikqurilish" tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi obyektida "Zo‘rTV" telekanali muxbiri va tasvirchisi haqoratlangani va ularga kuch ishlatilgani aks etgan video tarqalgan edi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) jurnalistlar kamerasi sindirilishi va kaltaklanishi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
murojaat qilgan edi.