AOKA jurnalistlar kaltaklanishi yuzasidan IIV va Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi

© Transportnaya prokuratura Po faktu obrusheniya balok stroyashegosya mosta v Tashkente zaveli ugolovnoe delo
Po faktu obrusheniya balok stroyashegosya mosta v Tashkente zaveli ugolovnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2023
Obuna bo‘lish
AOKA jurnalistlarga tan jarohati yetkazish holati yuzasidan huquqni saqlash organlariga murojaat qildi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) jurnalistlar kamerasi sindirilishi va kaltaklanishi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qildi.
14 avgust kuni aeroport yo‘lida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning balkalari qulab tushganidan so‘ng, vaziyatni o‘rganish maqsadida voqea joyiga yetib borgan "Zo'rTV" telekanali muxbiri va tasvirchisiga qurilish kompaniyasi vakili tomonidan kuch ishlatilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
AOKA ushbu holatni qoralab vaziyatga baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ramiy murojaat yo‘lladi.
"Agentlik jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik qiluvchi va OAV xodimlariga nisbatan bo‘ladigan har qanday tazyiqni keskin qoralaydi. Shunga ko‘ra, Agentlik o‘z vakolat doirasidan kelib chiqib, bo‘lib o‘tgan voqelikka huquqiy baho berish va adolatli qaror qabul qilishlarini so‘rab Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga rasmiy murojaat yo‘lladi", - deyiladi xabarda.
AOKA huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jarayon o‘rganilishi hamda xizmat tekshiruvlari natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi va bu ishni nazoratga oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida, jurnalist tekshiruvi o‘tkazish, mansabdor shaxs qabulida bo‘lish, ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu qonunning 14-moddasida haqorat qilish, qasddan shikast yetkazish va mulkni qasddan nobud qilish uchun javobgarlik ham belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0