Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

© Sotsialnaya setToshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2023
Obuna bo‘lish
Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Kecha, 12-avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi va Sodiq Tolipov ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni qayta qurish obyektida 5 dona balka montaj joyidan tushib ketdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar hokimiyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish obyektida ushbu holat sodir bo‘lgan. Temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qilish jarayonida 5 dona balka montaj joyidan tushib ketgan.
Balkalar asosiy yo‘l emas, balki vagon deposiga tegishli shoxobcha yo‘liga tushgan bo‘lib, poyezdlar qatnoviga aloqasi yo‘q. Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0