https://oz.sputniknews.uz/20230812/toshkent-kanal-sayilgohlar-kopaytiriladi-37794821.html
Toshkentda kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar soni oshiriladi
Toshkentda kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar soni oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar 2030-yilda 150 kmga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
2023-08-12T17:12+0500
2023-08-12T17:12+0500
2023-08-12T17:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37207020_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_9b5fdbcc4b5b081a00058e3607191e1c.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahrida 2030-yilda kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.Aytilishicha, kanallar bo‘ylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018-yilda boshlangan. Hozirda poytaxtdan oqib o‘tuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda ko‘ngilli sayr qilish maskanlari barpo qilindi.Bu jarayonda kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil qilindi.Sayilgohlarda aholi ko‘ngilli madaniy xordiq chiqarishi uchun bolalar o‘yingohlari, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu yil ham Toshkentdagi bir qator kanallar atrofini sayilgohlarga aylantirish ishlari davom ettirilishi ma’lum qilingandi. Bugungi kunda poytaxtda jami 128 ta kanal va kollektor mavjud bo‘lib, ularning 16 tasi magistral, 24 tasi xo‘jaliklararo va 80 tasi ichki xo‘jalik kanallari hisoblanadi, 8 tasi esa kollektorlardan iborat, ularning umumiy uzunligi 408 km.ga teng.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37207020_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_d18f3223af23b5105903499672d9947a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent kanal sayilgohlar toshkent shahar hokimligi
toshkent kanal sayilgohlar toshkent shahar hokimligi
Toshkentda kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar soni oshiriladi
Kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar 2030-yilda 150 kmga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahrida 2030-yilda kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi. Bu haqda poytaxt hokimligi
xabar berdi. Aytilishicha, kanallar bo‘ylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018-yilda boshlangan. Hozirda poytaxtdan oqib o‘tuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda ko‘ngilli sayr qilish maskanlari barpo qilindi.
Bu jarayonda kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil qilindi.
“Bu ishlar izchil davom ettirilib, kanallar bo‘yidagi sayilgohlar uzunligi 2024-yilda 50 km, 2025-yilda 60 km, 2026-yilda 75 km, 2027-yilda 90 km, 2028-yilda 110 km, 2029-yilda 130 km va 2030-yilda 150 kmga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.
Sayilgohlarda aholi ko‘ngilli madaniy xordiq chiqarishi uchun bolalar o‘yingohlari, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu yil ham Toshkentdagi bir qator kanallar atrofini sayilgohlarga aylantirish ishlari davom ettirilishi
ma’lum qilingandi. Bugungi kunda poytaxtda jami 128 ta kanal va kollektor mavjud bo‘lib, ularning 16 tasi magistral, 24 tasi xo‘jaliklararo va 80 tasi ichki xo‘jalik kanallari hisoblanadi, 8 tasi esa kollektorlardan iborat, ularning umumiy uzunligi 408 km.ga teng.