Ayrim hududlarda kechki harorat +15 darajaga tushadi — O‘zbekistonda 13-avgust uchun ob-havo
© Sputnik / Aktan TemirkanovTashkent City majmuasidagi osmono‘par binolar ko‘rinishi.
© Sputnik / Aktan Temirkanov
Obuna bo‘lish
Respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Ertaga, 13-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kechki harorat +15 daraja bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18-20, kunduzi +30-32 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +18-23, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +9-14, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.