Xorazmga Xitoydan yangi avtobus olib kelinadi

© Ministerstvo transportaYil yakuniga qadar Xorazmga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi
Yil yakuniga qadar Xorazmga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoydan avtobus sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yil yakuniga qadar Xorazmga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
O‘zbekistonning “Bunyodyo‘lovchitashish” va Xitoyning “Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd.” zavodi Xorazmga shahar yo‘nalishlari uchun 100 ta avtobus sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
"Mazkur shartnomaga muvofiq avtobuslar shu yilning yakuniga qadar Xorazm viloyatiga olib kelinishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibti. Unda zavod faoliyati bilan tanishib, sotib olinadigan avtobuslarni yetkazib berilish, mazkur avtobuslarga servis xizmati ko‘rsatish va doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zavod vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0