Bugun Toshkentdagi ayrim iste’molchilarga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Olmazor tumanining "Yangi Toshkent" mahallasida soat 10:00 dan 17:30 gacha gaz bo‘lmaydi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Bugun Toshkentdagi ayrim iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Aytilishicha, ta’mirlash ishlari tufayli 11-avgust kuni soat 10:00 dan 17:30 gacha Olmazor tumanining Yangi Toshkent mahallasi iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Jumaldan:
Aholi iste’molchilari soni - 52 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 1 ta
Xabarda yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘rgan.
Yangiliklar lentasi
0