“Paxtakor 79” futbolchilarining do‘stlari nimadan afsusda — video
“Paxtakor 79” futbolchilarining do‘stlari nimadan afsusda — video
Sputnik O‘zbekiston
1979 yil 11-avgust kuni Dneprodzerjinsk uzra ikkita samolyot to‘qnashib ketgan. Fojia oqibatida 178 kishi, jumladan, "Paxtakor" klubining 14 nafar futbolchisi va uch nafar murabbiylar shtabi a’zosi halok bo‘lgan.Sputnik muxbiri fojianing 44-yilligi munosabati xalok bo‘lgan futbolchilar bilan o‘tmishda to‘p surgan va do‘st bo‘lgan mashhur futbolchilar bilan suhbatlashdi.
Bundan roppa-rosa 44-yil avval, 1979-yil 11-avgust kuni Dneprodzerjinsk uzra ikkita samolyot to‘qnashib ketgan. Fojia oqibatida 178 kishi, jumladan, "Paxtakor" klubining 14 nafar futbolchisi va uch nafar murabbiylar shtabi a’zosi halok bo‘lgan.Sputnik muxbiri fojianing 44-yilligi munosabati xalok bo‘lgan futbolchilar bilan o‘tmishda to‘p surgan va do‘st bo‘lgan mashhur futbolchilar bilan suhbatlashdi.Falokatdan omon qoldi, ammo do‘stlarini yo‘qotish azobini qabul qila olmadiTo‘lagan Isoqov butun faoliyatini "Paxtakor"da o‘tkazgan. 13 mavsum davomida u birinchi va oliy ligada 252 ta o‘yin o‘tkazib, 52 gol urgan. 1979-yilda u jarohat olgan, bu esa uni samolyot halokatida asrab qolgan.Aviahalokatdan mo‘’jizaviy tarzda qutulib qolgan futbolchi haligacha ruhiy jarohatdan qutula olmagan.Fojia yuz bergan kuni Isoqov Moskvada davolanayotgan edi, unga murabbiy Vacheslav Solovyovning rafiqasi qo‘ng‘iroq qilib, dahshatli xabarni yetkazgan.Ko‘pchilik yig‘ladi, bu adolatdan emas ediMoskva "Spartak" va "Lokomotiv" klublarining sobiq futbolchisi Yuriy Somin "Paxtakor" juda yosh va istiqbolli jamoa bo‘lganligini ta’kidladi.Moskva eng zo‘r jamoalari hayiqqan "Paxtakor""Paxtakor"ning 60-70 yillardagi afsonaviy futbolchisi, 1968-yilgi SSSR chempionatining eng yaxshi to‘purari Berador Abduraimov fojia haqida "Bahor" ansambli a’zosi, do‘stidan eshitgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda hatto Moskvaning eng yaxshi jamoalari "Spartak" va "Dinamo" ham "Paxtakor"dan cho‘chir edi.Misha An doim yonimda ediMashhur sovet futbolchisi va murabbiyi Oleg Romansev fojia haqida bilganida kasalxonada edi. "Paxtakor" unga doim unutilmas bir voqeani eslatardi.Mixail Anning to‘yida qolmaganimdan haliyam afsusdaman1979 yil 11-avgustda Yevgeniy Lovchev Moskva va Tbilisi "Dinamo" o‘rtasidagi mamlakat kubogi finalida o‘ynagan. "Paxtakor"ning halokati haqida u o‘yindan keyin qaynonasidan xabar topgan."Paxtakor-79" afsonaviy futbolchilarining do‘stlari xotiralari bilan batafsil Sputnik videosida tanishing.
44 yil avval "Paxtakor" klubining 14 nafar futbolchisi dahshatli aviahalokatda qurbon bo‘lgan edi.
Bundan roppa-rosa 44-yil avval, 1979-yil 11-avgust kuni Dneprodzerjinsk uzra ikkita samolyot to‘qnashib ketgan. Fojia oqibatida 178 kishi, jumladan, "Paxtakor" klubining 14 nafar futbolchisi va uch nafar murabbiylar shtabi a’zosi halok bo‘lgan.
Sputnik muxbiri fojianing 44-yilligi munosabati xalok bo‘lgan futbolchilar bilan o‘tmishda to‘p surgan va do‘st bo‘lgan mashhur futbolchilar bilan suhbatlashdi.
Falokatdan omon qoldi, ammo do‘stlarini yo‘qotish azobini qabul qila olmadi
To‘lagan Isoqov butun faoliyatini "Paxtakor"da o‘tkazgan. 13 mavsum davomida u birinchi va oliy ligada 252 ta o‘yin o‘tkazib, 52 gol urgan. 1979-yilda u jarohat olgan, bu esa uni samolyot halokatida asrab qolgan.
Aviahalokatdan mo‘’jizaviy tarzda qutulib qolgan futbolchi haligacha ruhiy jarohatdan qutula olmagan.
Fojia yuz bergan kuni Isoqov Moskvada davolanayotgan edi, unga murabbiy Vacheslav Solovyovning rafiqasi qo‘ng‘iroq qilib, dahshatli xabarni yetkazgan.
“Men shok holatida edim. Bir kunda shuncha do‘stlarimni yo‘qotdim. Baxtsiz hodisadan keyin men ikki marta o‘z jonimga qasd qilish haqida o‘ylaganman. Bu fojiadan keyin men hali yosh bo‘lsam ham o‘ynashni davom ettira olmadim. Bu nafaqat mening, balki butun o‘zbek xalqining fojiasi”, - deydi Isoqov.
Ko‘pchilik yig‘ladi, bu adolatdan emas edi
Moskva "Spartak" va "Lokomotiv" klublarining sobiq futbolchisi Yuriy Somin "Paxtakor" juda yosh va istiqbolli jamoa bo‘lganligini ta’kidladi.
"Dinamo" Moskva jamoasi. Chapdan o‘ngga, pastki qator: Aleksandr Kosminin - vrach, Yuriy Semin, Yuriy Avruskiy, Vladimir Kozlov, Vladimir Eshtrekov, Gennadiy Yevsuxin, Valeriy Maslov, Viktor Anichkin: Tepa qator: Adams Golodes - jamoa treneri, Konstantin Beskov - katta trener, Lev Yashin, Vladimir Smirnov, Vladimir Utkin, Valeriy Zikov, Vladimir Shtapov va Vladimir Ilin - trener.
"Dinamo" Moskva jamoasi. Chapdan o‘ngga, pastki qator: Aleksandr Kosminin - vrach, Yuriy Semin, Yuriy Avruskiy, Vladimir Kozlov, Vladimir Eshtrekov, Gennadiy Yevsuxin, Valeriy Maslov, Viktor Anichkin: Tepa qator: Adams Golodes - jamoa treneri, Konstantin Beskov - katta trener, Lev Yashin, Vladimir Smirnov, Vladimir Utkin, Valeriy Zikov, Vladimir Shtapov va Vladimir Ilin - trener.
"Dinamo" Moskva jamoasi. Chapdan o‘ngga, pastki qator: Aleksandr Kosminin - vrach, Yuriy Semin, Yuriy Avruskiy, Vladimir Kozlov, Vladimir Eshtrekov, Gennadiy Yevsuxin, Valeriy Maslov, Viktor Anichkin: Tepa qator: Adams Golodes - jamoa treneri, Konstantin Beskov - katta trener, Lev Yashin, Vladimir Smirnov, Vladimir Utkin, Valeriy Zikov, Vladimir Shtapov va Vladimir Ilin - trener.
“O‘sha kunlarda boshdan kechirgan tuyg‘ularimni tushuntirish qiyin. Ko‘p yigitlar bilan nafaqat maydonda uchrashganmiz, balki do‘stlashib, doimo aloqada bo‘lganmiz. Ko‘pchilik yig‘ladi, chunki bu adolatdan emas edi”, — dedi Somin o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashib.
Moskva eng zo‘r jamoalari hayiqqan "Paxtakor"
"Paxtakor"ning 60-70 yillardagi afsonaviy futbolchisi, 1968-yilgi SSSR chempionatining eng yaxshi to‘purari Berador Abduraimov fojia haqida "Bahor" ansambli a’zosi, do‘stidan eshitgan.
"O‘shanda men Andijonning "Shahristoni" jamoasi bosh murabbiyi edim. Xabarni eshitib, ta’riflab bo‘lmas og‘riqni his qildim. Shuncha iqtidorli futbolchilarni yo‘qotish...”, — deydi Abduraimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda hatto Moskvaning eng yaxshi jamoalari "Spartak" va "Dinamo" ham "Paxtakor"dan cho‘chir edi.
“Bu iqtidorli yigitlardan iborat kuchli jamoa edi. "Paxtakor" Moskva jamoalari uchun chaqmoq kabi edi”, — dedi Abduraimov.
Misha An doim yonimda edi
Mashhur sovet futbolchisi va murabbiyi Oleg Romansev fojia haqida bilganida kasalxonada edi. "Paxtakor" unga doim unutilmas bir voqeani eslatardi.
“Biz SSSRning ikkinchi jamoasi bilan Amerikada edik. Birinchi o‘yindayoq umurtqa pog‘onamdan og‘ir jarohat olganman. Mixail An ("Paxtakor" futbolchisi) va Aleksandr Tarxanov meni o‘zlari bilan 10 kun – restoran, mehmonxona, aeroportga olib borishgan. Xonalarimga ovqat olib kelishgan. Men buni hech qachon unutmayman. Ular meni notanish mamlakatda yolg‘iz qoldirishmagan”, — deb g‘urur bilan eslaydi Romansev.
Mixail Anning to‘yida qolmaganimdan haliyam afsusdaman
1979 yil 11-avgustda Yevgeniy Lovchev Moskva va Tbilisi "Dinamo" o‘rtasidagi mamlakat kubogi finalida o‘ynagan. "Paxtakor"ning halokati haqida u o‘yindan keyin qaynonasidan xabar topgan.
Yevgeniy Lovchev "Spartak" (Moskva) jamoasi hujumchisi
“O‘tgan yilning oxirida Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o‘ynagandik. O‘sha yili Mixail An turmush qurdi, men u bilan juda yaxshi munosabatda edim. U mendan to‘yida bir-ikki kun qolishimni so‘radi, lekin men unga uzoq vaqtdan beri uyda bo‘lmaganimni tushuntirdim. Haligacha afsusdaman. Men uning to‘yida qolmaganimdan afsusdaman", — deb tan oldi Lovchev.
"Paxtakor-79" afsonaviy futbolchilarining do‘stlari xotiralari bilan batafsil Sputnik videosida tanishing.