Energetika tizimi rahbarlari bugundan favqulodda rejimga o‘tadi – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Aholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan qator topshiriqlar berdi.
Ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish, yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.
1 oktabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni ta’mirlash ishlarini to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi
Aholining talabini to‘liq qoplash uchun hududlarga qo‘shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirildi.
Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi ta’kidlandi.
“Mas’ul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga o‘tadi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot kotibi xabarida.
Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini ko‘radi.
Ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik obyektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini o‘rnatish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0