Buxoro viloyatida o‘ngga yaqin majmualar ishga tushirildi — ular qaysilar?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o‘ngga yaqin majmualarni ishga tushirdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o‘ngga yaqin majmualarni ishga tushirdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Romitan tumanida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida o‘ngga yaqin majmualarni ishga tushirdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Romitan tumanida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish boshida Buxoro viloyatidagi yangi sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha majmualarini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBuxoro viloyatidagi yangi sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha majmualarini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.
V Romitanskom rayone sostoyalos soveshanie po voprosam sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Buxoro viloyatidagi yangi sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha majmualarini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.
“Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu majmualarni ishga tushirdi”, deyiladi xabarda.
Ishga tuirilgan yangi majmualar:
1.
Vobkent tumanidagi “Vobkent tola klaster”;
2.
Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l kumush kalava”;
3.
Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro real moto”;
4.
Buxoro shahridagi “Ekvatorial chodak”;
5.
Kogon shahridagi “Konchi” va “Prom tekstil”;
6.
G‘ijduvon va Peshku tumanlaridagi yog‘-moy korxonalari;
7.
Buxoro shahridagi mehmonxona;
8.
Buxoro tumanidagi tibbiyot birlashmasi.
Aytilishicha, shuyilning olti oyida Buxoroda sanoat 5,3 foizga o‘sgan.
“Jami eksport 124 million dollarni tashkil etgan. Shu davrda 250 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga oshgan. Lekin ayrim shahar va tumanlarda bu ko‘rsatkichlar tushgan”, deyiladi xabarda.
Yil yakuniga qadar 858 ta loyiha ishga tushirilib, 15 mingta ish o‘rni yaratilishi aytib o‘tildi. Umuman, 250 ming aholini band qilish zarurligi, qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBuxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
V Romitanskom rayone sostoyalos soveshanie po voprosam sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sanoatda importni 150 million dollarga qisqartirib, eksportni 400 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Viloyatning turizm salohiyatini to‘liq ishga solib, 25 ming aholi bandligi va 300 million dollar eksport tushumini bemalol ta’minlash mumkinligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0