Ayrim shaxslar yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi

© Sputnik / Sergey PivovarovOmmaviy ekish kampaniyasining boshlanishi
Ommaviy ekish kampaniyasining boshlanishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Bo‘sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10-yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholi yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Buxoro viloyatida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirib, bu yili kuzda va kelgusi yil bahorida yana 70 ming gektar ekin yerlarini aholiga tarqatish reja qilingan.
Lekin hokimlar bugungi kungacha ajratilgan 200 ming gektardan samarali foydalanishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Jumladan, suv ta’minoti va unumdorligi yaxshi bo‘lmagani uchun jami yerlarning 13 ming gektari yoki 8 foizi qarovsiz turibdi.
Buxoro, Qashqadaryo va Namanganda atigi 15 foiz yerlar ehtiyojmand oilalarga berilgan.
“Shu munosabat bilan dastlabki bosqichda 10-yil muddatga ajratilgan 73 ming gektar maydonning ijara muddatlari 30-yilga uzaytirib berilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.
Bo‘sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10-yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.

“Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan ehtiyojmand aholiga yerlarni berishda ular yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi", deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Prezident tashrif davomida sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishdi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirdi.
Yangiliklar lentasi
0