https://oz.sputniknews.uz/20230810/xitoy-birinchi-suniy-gosht-zavod-xalqaro-bozor-37739342.html
Xitoy birinchi sun’iy go‘sht zavodini ishga tushirdi — mahsulot xalqaro bozorda sotiladimi?
Xitoy birinchi sun’iy go‘sht zavodini ishga tushirdi — mahsulot xalqaro bozorda sotiladimi?
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy 2025-yilgacha xalqaro bozorda sun’iy go‘sht sotishni rejalashtirmoqda.
2023-08-10T16:32+0500
2023-08-10T16:32+0500
2023-08-10T16:44+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
xitoy
go‘sht
sun’iy go‘sht
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18073430_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d55c53d2b27e67fc25e6ba799c5dd9ef.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Xitoyda birinchi sun’iy go‘sht zavodi ishga tushirildi. Bu haqda RIA Novosti "South China Morning Post" nashriga tayanib xabar berdi.Shanxayning "CellX" kompaniyasi birinchi madaniy go‘sht zavodini ishga tushirdi.Ta’kidlanishicha, korxonada ikki ming litr hajmli bioreaktor mavjud. Vaqt o‘tishi bilan jihozlar soni ko‘payadi, mahsulot tannarxi esa yuqori sifatni saqlab qolgan holda kilogrammi yuz dollardan ham kamayib boradi.Kompaniya bosh direktori aytishicha, bu yil oxirida "CellX" sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat olish uchun AQSh va Singapurga murojaat qiladi.Bugungi kunga kelib, laboratoriyada yetishtirilgan mahsulotlarni sotish faqat ushbu mamlakatlarda tasdiqlangan. Xitoy kompaniyasi 2025-yilgacha xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirmoqda.Ma’lumot uchun, foydali xususiyatlari bo‘yicha sun’iy go‘shtni tabiiy mahsulot bilan solishtirish mumkin, ammo uning tarkibida antibiotiklar bo‘lmaydi.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Singapur dunyoda ilk bor laboratoriyada yetishtirilgan tovuq go‘shti ozuqa mahsuloti sertifikatini qo‘lga kiritgandi. Laboratoriyalarda tirik hujayralardan sun’iy go‘shni yetishtirishdan maqsad jonivorlarni o‘ldirmasdan turib, go‘sht ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.Rossiyalik olimlar esa 2019-yilda laboratoriya sharoitida sun’iy go‘sht yaratgan. Tadqiqot ishlari 2-yil mobaynida olib borilgan. Sun’iy go‘shtning ilk 40 grammini yetishtirish uchun 900 ming rubl (14 ming dollar) sarflangan.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18073430_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_56688fcbe42246e66af7a42051f04697.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy xalqaro bozor sun’iy go‘sht sotish
xitoy xalqaro bozor sun’iy go‘sht sotish
Xitoy birinchi sun’iy go‘sht zavodini ishga tushirdi — mahsulot xalqaro bozorda sotiladimi?
16:32 10.08.2023 (yangilandi: 16:44 10.08.2023) Xitoy 2025-yilgacha xalqaro bozorda sun’iy go‘sht sotishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Xitoyda birinchi sun’iy go‘sht zavodi ishga tushirildi. Bu haqda
RIA Novosti "South China Morning Post" nashriga tayanib xabar berdi.
Shanxayning "CellX" kompaniyasi birinchi madaniy go‘sht zavodini ishga tushirdi.
“Ushbu tajriba ishlab chiqarishdan olingan saboqlar biz 2025-yilgacha yakunlashni rejalashtirgan va yiliga yuzlab tonna mahsulot ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan tijorat ishlab chiqarish obyektimiz uchun ishlatiladi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, korxonada ikki ming litr hajmli bioreaktor mavjud. Vaqt o‘tishi bilan jihozlar soni ko‘payadi, mahsulot tannarxi esa yuqori sifatni saqlab qolgan holda kilogrammi yuz dollardan ham kamayib boradi.
Kompaniya bosh direktori aytishicha, bu yil oxirida "CellX" sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat olish uchun AQSh va Singapurga murojaat qiladi.
Bugungi kunga kelib, laboratoriyada yetishtirilgan mahsulotlarni sotish faqat ushbu mamlakatlarda tasdiqlangan. Xitoy kompaniyasi 2025-yilgacha xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirmoqda.
"SCMP ma’lumotlariga ko‘ra, zavodning sinov versiyasini yaratish Xitoy uchun yutuqdir. Mamlakat oldida 1,4 milliard odamning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun hayvon oqsili manbasini topish muammosi turibdi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, foydali xususiyatlari bo‘yicha sun’iy go‘shtni tabiiy mahsulot bilan solishtirish mumkin, ammo uning tarkibida antibiotiklar bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Singapur dunyoda ilk bor laboratoriyada yetishtirilgan tovuq go‘shti ozuqa mahsuloti sertifikatini qo‘lga kiritgandi. Laboratoriyalarda tirik hujayralardan sun’iy go‘shni yetishtirishdan maqsad jonivorlarni o‘ldirmasdan turib, go‘sht ishlab-chiqarishni yo‘lga
qo‘yishdan iborat.Rossiyalik olimlar esa 2019-yilda laboratoriya sharoitida sun’iy go‘sht yaratgan. Tadqiqot ishlari 2-yil mobaynida olib borilgan. Sun’iy go‘shtning ilk 40 grammini yetishtirish uchun 900 ming rubl (14 ming dollar)
sarflangan.