Ukraina 28-marta hujumga o‘tdi, lekin natijasiz: 10-avgust hisoboti

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota tanka T-90M "Proriv" 1-y TA ZGV s zakritix ognevix pozitsiy na Svatovskom napravlenii.
Boyevaya rabota tanka T-90M Proriv 1-y TA ZGV s zakritix ognevix pozitsiy na Svatovskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qo‘shinlari kun davomida Kupansk, Donesk va Zaporojye yo‘nalishlaridan 28 marotaba muvaffaqiyatsiz hujumga o‘tdi, 500 dan ortiq askar yo‘qotdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning sshnggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 10-avgust hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi front chizig‘i bo‘ylab o‘z pozitsiyasini yaxshiladi, LXRning Novoselovskoe, Sinkovka aholi punktlari va Xarkov viloyatining Mankovka darasida UQKning 14 va 44 mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalarining 7 ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Kun davomida dushmanning 55 dan ortiq harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, M109 "Paladdin" va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimlari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Belogorovka, Novomixaylovka va Artemovsk aholi punktlari hududlarida UQKning 17ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Kun davomida dushman ushbu yo‘nalishda 290 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, ikkita o‘ziyurar artilleriya qurilmasi: "Akatsiya", Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" hamda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimlari, ikkita D -20 gaubitsasini yo‘qotdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi Uspenovka aholi punkti yaqinida UQK 46-aeromobil brigadasining hujumini qaytardi. Ushbu yo‘nalishda 125 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, uchta Msta-B gaubitsasi, shuningdek, D-20 va D-30 qurollari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhining muvofiqlashtirilgan harakatlari va artilleriya zarbalari DXRNing Terni qishlog‘i yaqinida UQKning 21-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasi hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Dushman umumiy yo‘qotishlari 60 nafar harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, "Msta-B" gaubitsasi va "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari DXRning Urojaynoe aholi punkti hududida UQKning ikkita hujumni qaytardi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 130 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika, "Giatsint-S" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, "Msta-B" va D-20 gaubitsalarini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita pikap, D-30 gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radar yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 146 ta tumanda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Dileyevka aholi punkti yaqinida UQKning 28-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Torskoe va Avdeyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 63 va 110 mexanizatsiyalashgan brigadalarining ikkita qo‘mondonlik punktiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va "Uragan" reaktiv tizimlarining beshta raketasini tutib oldi.
Xarkov viloyatining Pershotravneve, DXRning Gorlovka, Georgiyevka, Vasilivka, Zaporoje viloyatining Chapayevka va Xerson viloyatining Vasilivka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 38 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5 638 ta uchuvchisiz uchish apparati, 428 ta zenit-raketa majmuasi, 11 216 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1144 reaktiv o‘t ochish tizimlari jangovar mashinalari, 5837 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12165 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0