Toshkent metrosining yerusti yo‘li bekatlariga nom berildi

© Sputnik / Aktan TemirkanovSxema Tashkentskogo metropolitena.
Sxema Tashkentskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent metrosining yerusti yo‘lidagi 19 ta bekatga nom berildi
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 9-avgust kuni “Toshkent metropolitenining yerusti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” yerusti metro halqa yo‘lining “Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishi 1–14 bekatlariga, “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi 1–5 bekatlariga (jami 19 ta bekat) nom berildi.
2020 yil avgustda Toshkent yerusti metrosining birinchi bosqichi ishga tushirilgan edi. O‘sha yil dekabrda Sergeli yo‘nalishi ochildi. Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan metropoliten barpo etilmoqda. Qariyb 12 kilometrlik bu qismda 7 ta bekat bo‘ladi. Ayni kunlarda uning Quruvchilar dahasigacha borgan 5 ta bekati qurib bitkazildi.
Quruvchilar dahasidan Qipchoq bekatigacha bo‘lgan qariyb 4 kilometrlik metro yo‘li ham yaqin oylarda ishga tushiriladi. Shu tariqa, Qo‘yliq va Sergeli orasidagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi.
Ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0