https://oz.sputniknews.uz/20230810/som-nega-keskin-qadrsizlandi-markaziy-bank-37730864.html
So‘m nega keskin qadrsizlandi - Markaziy bank izohi
So‘m nega keskin qadrsizlandi - Markaziy bank izohi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning qator banklarida dollar kursi 400 so‘mdan ko‘proq qimmatladi va 12 ming so‘mdan oshdi. Mamlakat Markaziy banki holat yuzasidan izoh berdi.Unga ko‘ra, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib kelgan.
2023-08-10T11:42+0500
2023-08-10T11:42+0500
2023-08-10T11:42+0500
iqtisod
markaziy bank
so‘m
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_90a912939b316135f68a5da810910988.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonning qator banklarida dollar kursi 400 so‘mdan ko‘proq qimmatladi va 12 ming so‘mdan oshdi. Mamlakat Markaziy banki holat yuzasidan izoh berdi.Unga ko‘ra, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib kelgan.Bu, o‘z navbatida, eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi — fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.Ma’lum qilinishicha, mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishiga xizmat qiladi."Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi", — deya xulosa qilgan regulyator.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_474bebe62a5eecef36e4e7fe8f1fa693.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston so‘m kurs markaziy bank izoh
o‘zbekiston so‘m kurs markaziy bank izoh
So‘m nega keskin qadrsizlandi - Markaziy bank izohi
Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega ekanini bildirdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonning qator banklarida dollar kursi 400 so‘mdan ko‘proq qimmatladi va 12 ming so‘mdan oshdi. Mamlakat Markaziy banki holat yuzasidan
izoh berdi.
Unga ko‘ra, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib kelgan.
Bu, o‘z navbatida, eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi — fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.
"Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega bo‘lib, zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi", — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishiga xizmat qiladi.
"Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi", — deya xulosa qilgan regulyator.