“Rostex” zirhli texnika ishlab chiqarishni to‘rt baravar oshirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova"Rostex" logotipi, arxiv surat
Rostex logotipi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
“Uralvagonzavod” va “Visokotochnie kompleksi” T-72B3, T-80 va T-90M tanklari, BMP-3 piyoda jangovar mashinalari, "Msta-S" gaubitsalari va boshqa zirhli texnikalarni ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri “Uralvagonzavod” va “Visokotochnie kompleksi” tomonidan zirhli texnikalar ishlab chiqarish to‘rt baravarga oshdi. Bu haqda “Rostex” davlat korporatsiyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Vladimir Artakov “Armiya-2023” xalqaro harbiy-texnik forumidan oldin RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri zirhli texnikalar ishlab chiqarish to‘rt baravar oshdi. Ko‘pincha yetkazib berish muddatidan oldin amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, biz frontga jo‘natayotgan texnikalar jangovar tajribani hisobga olgan holda doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Ularning xavfsizligi ortib bormoqda va hokazo”, – dedi Artakov.
“Uralvagonzavod” va “Visokotochnie kompleksi” T-72B3, T-80 va T-90M tanklari, BMP-3 piyoda jangovar mashinalari, BMD-4M havo-desant jangovar mashinalari, "Msta-S" gaubitsalari va boshqa jihozlarni o‘z ichiga olgan keng assortimentdagi zirhli texnikalarni ishlab chiqaradi.
Artakov, shuningdek, maxsus operatsiya boshlangandan beri artilleriya va zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv raketalari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish hajmi 20 barobarga oshganini eslatdi. Yetkazib berish uzluksiz va kerakli miqdorda amalga oshirilmoqda. Ushbu masalani hal qilish uchun ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi, yangi texnologik liniyalar paydo bo‘ldi, yangi uskunalar qo‘llanila boshlandi. Ba’zi kalibrlar uchun “Rostex” korxonalari ilgari ishlab chiqarilgan quvvatlarni ishga tushirdilar.
“Armiya” forumi 14-20 avgust kunlari Moskva yaqinidagi Kubinkadagi “Patriot” bog‘ida Mudofaa vazirligi homiyligida bo‘lib o‘tadi. RIA Novosti ko‘rgazmaning rasmiy axborot agentligi hisoblanadi.
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2023
Putin "Kub" va "Lanset" dronlari ishlab chiqarishni oshirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0