Qirg‘izistonda 2027-yildan polietilen paketlardan foydalanish taqiqlanadi

© Sputnik / Ekaterina Lyzlova / Mediabankka o‘tishSotuvchi mahsulot paketini xaridorga uzatmoqda
Sotuvchi mahsulot paketini xaridorga uzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
2027 yil 1-yanvardan Qirg‘izistonda polietilen paketlarni ishlab chiqarish, sotish va bepul tarqatish taqiqlanadi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Qirg‘izistonda 2027-yildan boshlab polietilen paketlardan foydalanish taqiqlanadi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Aytilishicha, 2027-yil 1-yanvardan Qirg‘izistonda polietilen paketlarni ishlab chiqarish, sotish va bepul tarqatish taqiqlanadi. Mamlakat prezidenti tegishli qarorni imzolagan.

"Paketlarni sotganlik uchun 3000 som jarima solinadi. Ularni tekinga tarqatgan savdogarlar avvalo ogohlantiriladi, yana takrorlasa, ming som jarimaga tortiladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Qirg‘iziston parlamenti bir martalik yelim paketlarni mamlakatga olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Unda 2024-yil 1-yanvardan polietilen paketlarni ishlab chiqarish taqiqlanishi, kelgusi yilning 1-iyunidan esa do‘konlarda sotish va berishga taqiq joriy etilishi aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0