Mustaqillikning 32-yilligiga bag‘ishlab ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

© uzathletics.uzToshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi
Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Poygalar 3-sentabr kuni soat 06:30 da 16 shaharda start oladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Joriy yilning 3-sentabr kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida mazkur tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur ommaviy yugurish musobaqasi Toshkent, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor, Xiva va Nukus shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Poytaxtda ishtirokchilar 3 va 10 km masofalarga yugurishsa, qolgan hududlarda faqat 3 km masofadagi bahslar tashkil qilinadi. Bu galgi tadbir ham “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tkaziladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu yilgi bahslarga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi qo‘shni mamlakatlardan ham sportchilar taklif etilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, poytaxtda 5500, qolgan har bir shaharda kamida 2000 nafar ishtirokchi bo‘lajak poygada qatnashishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida o‘tkaziladigan poygalarda ishtirok etishni istagan ko‘ngillilar “Iticket.uz” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 3 km masofadagi poygada 9, 10 kmga kechadigan bellashuvlarda esa 14 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatnasha oladi. Poygalar 3-sentabr kuni soat 06:30 da 16 shaharda start oladi.
Yangiliklar lentasi
0