Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Moskva tomon uchgan 2 ta jangovar dron urib tushirildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRossiya harbiylari
Rossiya harbiylari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Kaluga viloyatida va Markaziy halqa yo‘li hududida ikkita dronni urib tushirdi — Sobanin.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Havo hujumidan mudofaa tizimlari Kaluga viloyatida va Markaziy halqa yo‘li hududida ikkita dronni urib tushirdi, deb xabar berdi poytaxt meri Sergey Sobanin o‘zining Telegram-kanalida.
Ushbu holat yuzasidan Mudofaa vazirligi ham bayonot berdi. Unga ko‘ra, Kaluga va Moskva viloyatlari, shuningdek, Sevastopol shahri hududida Kiyev rejimining pilotsiz uchar apparatlari yordamida teraktlar uyushtirishga urinishlari bartaraf etildi.
Moskva shahri yo‘nalishi bo‘yicha uchgan ikkita dron Kaluga viloyatining Maloyaroslavskiy tumani va Moskva viloyatining Odinsovo tumani hududi osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi. Sevastopol shahri yaqinida ikkita dron navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urilgan, yana 9 tasi elektron kurash tizimi bilan bostirilgan va ular nishonga etib bormay, Qora dengizga qulagan.
To‘xtatilgan terror hujumlari natijasida qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Bu Ukraina Qurolli kuchlarining poytaxt hududiga pilotsiz uchar apparatlar bilan zarba berishga birinchi urinishi emas. 6-avgust kuni Mudofaa vazirligi Moskva viloyatining Podolsk tumanida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan Ukraina droni yo‘q qilingani haqida xabar berdi. 1-avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Moskva va Moskva viloyatidagi obyektlarga uchta dron bilan hujum qilishga urindi. Ikkita dron Odinsovo va Naro-Fominsk tumanlari ustida havo hujumi mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilindi, biri elektron kurash tizimi bilan bostirildi, dron “Moskva Siti” osmono‘par binosiga quladi.
Yangiliklar lentasi
0