MDH o‘yinlarida o‘zbekistonlik uch aka-uka erkin kurashchilar sovrindor bo‘ldi

© NOKMDH o‘yinlarida o‘zbekistonlik uch aka-uka erkin kurashchilar sovrindor bo‘ldi
MDH o‘yinlarida o‘zbekistonlik uch aka-uka erkin kurashchilar sovrindor bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasining kechagi medallari 1 ta oltin va 7 ta bronzani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Belarusda II MDH o‘yinlari davom etmoqda. Kecha, 9-avgust kuni, erkin kurash bahslarida aka-uka Cho‘libayevlar sovrindorlar qatoridan joy olishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston delegatsiyasining kechagi medallari 1 ta oltin va 7 ta bronzani tashkil etmoqda. Batafsil:
Oltin medal:
Sherzod Poyonov (-92 kg, erkin kurash).
Bronza medal:
Kamondan otish bo‘yicha erkaklar terma jamoasi;
Kamondan otish bo‘yicha miks terma jamoasi;
Gandbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi;
Javohir Cho‘libayev (-65 kg, erkin kurash);
Jafar Cho‘libayev (-74 kg, erkin kurash);
Daler Cho‘libayev (-79 kg, erkin kurash);
Ajiniyaz Saparniyazov (-97 kg, erkin kurash).
4 avgustdan boshlab Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 9 davlatdan uch mingdan ortiq sportchi 16 ta olimpiya, 5 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha bellashmoqda.
Musobaqada 313 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti. Musobaqa 14-avgustga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0