Ekvadorda prezidentlikka nomzod o‘ldirib ketilgandan so‘ng favqulodda holat e’lon qilindi

© AP Photo / Juan Diego MontenegroEkvador politsiyasi
Ekvador politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisensio Kitoda 9-avgust kuni kechki payt bo‘lib o‘tgan saylovoldi tadbiridan so‘ng o‘ldirildi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Ekvador prezidenti Gilermo Lasso prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisensio o‘ldirib ketilgandan so‘ng mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
“60 kunga favqulodda holat e’lon qilaman. Qurolli kuchlar fuqarolar xavfsizligi, mamlakat tinchligi, ozod va demokratik saylovlarni kafolatlashlari uchun shu fursatdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab safarbar qilingan”, - dedi Lasso millatga yo‘llagan murojaatida.
Bundan tashqari, Ekvador yetakchisi uch kunlik milliy motam to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan.
Vilyavisensio Ekvador poytaxtida 9-avgust kuni kechki payt bo‘lib o‘tgan saylovoldi tadbiridan so‘ng o‘ldirildi. Yana kamida to‘qqiz kishi yaralangan. Mamlakat Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, qotillikni uyushtirishda gumon qiluvchilardan biri otishma paytida yaralangan va ko‘p o‘tmay vafot etgan.
Ekvadorda muddatidan ilgari prezident va parlament saylovlari 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0