Buxorodagi Bahouddin Naqshband majmuasida ziyorat sharoitlari kengaytiriladi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
Shavkat Mirziyoyev  Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Bahouddin Naqshband majmuasida ziyorat sharoitlari kengaytiriladi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
Glava gosudarstva nachal poyezdku v Buxarskuyu oblast s posesheniya mavzoleya Baxouddina Nakshbanda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
"Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi", deyiladi xabarda.
Diniy ulamo bilan suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, islom ma’rifati haqida so‘z bordi. Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligiga ko‘maklashish, muhtoj oilalarni alohida mehr-e’tiborga olish muhimligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
Glava gosudarstva nachal poyezdku v Buxarskuyu oblast s posesheniya mavzoleya Baxouddina Nakshbanda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
Majmua atrofida rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash loyihasi ko‘rib chiqildi.
"Bahouddin Naqshband maqbarasiga Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lakni tiklash, Doniyolbiy madrasasini ta’mirlash, tahoratxona va muzey barpo etish kabilar mo‘ljallanmoqda", deyilgan xabarda.
Davlat rahbari ziyorat turizmi uchun sharoitlarni kengaytirish, xorijdan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar va mehmonxona tashkil etish, qabristonni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0