Endi advokat bo‘lish uchun 2-yillik ish staji shart emas

© Depositphotos / Elnur AmikishiyevYurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo
Yurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda advokat bo‘lish uchun kamida 3 oy stajirovka o‘tash va malaka imtihonini topshirish kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Endi advokat bo‘lish uchun 2-yillik ish staji talabi bekor qilindi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–862 sonli qonunda nazarda tutilgan.
Endilikda advokat bo‘lish uchun kamida 3 oy stajirovka o‘tash va malaka imtihonini topshirish kerak bo‘ladi.
Bo‘lg‘usi advokat litsenziya olish uchun quyidagi tashkilotlarda stajirovka o‘tashi mumkin:
advokatlik burosi;
advokatlik firmasi;
advokatlar hay’ati;
yuridik maslahatxona.
Ilgari advokat bo‘lish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2-yillik ish stajiga ega bo‘lish lozim edi.
Ma’lumot uchun, talabgor litsenziya olish uchun arizani "Litsenziya" AT yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Advokatlarga guvohnoma hududiy adliya organlari tomonidan 10-yilga beriladi. Guvohnoma QR-kod qo‘yilgan ID card shaklida rasmiylashtiriladi.
Agarda advokat advokatlik tuzilmasini yangi tashkil etgan bo‘lsa, advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilishi talab etilmaydi.
Bunda guvohnoma advokatning xohishiga ko‘ra advokatlik tuzilmasining manziliga kuryerlik xizmati orqali yuboriladi.
© Ministerstvo yustitsiiAdvokatlik guvohnomasi
Udostoverenie advokata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2023
Advokatlik guvohnomasi
Shu yilning aprel oyi holatiga O‘zbekistonda 4 625 nafar advokat faoliyat yuritmoqda. Shundan 30 yoshgacha bo‘lganlar soni atigi 51 nafar, 50 yoshdan oshgan advokatlar soni esa 2 619 nafarni tashkil qilmoqda.
Umumiy hisobda har 7,6 ming aholiga bitta advokat to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyada advokatura faoliyatiyaga doir alohida bob kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0