Toshkentning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent, odamlar
Toshkent, odamlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Joriy yil 1-iyul holatiga Toshkent shahrida doimiy aholi soni 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Shundan:
erkaklar soni – 1 mln 471 ming 700 kishi;
ayollar soni – 1 mln 527 ming 800 kishi.
2023 yil 1-iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etdi.
Eng kam aholi soni Bektemir tumanida – 55,7 ming kishini tashkil etgan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:
Olmazor tumanida – 395 ming kishi;
Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi;
Shayxontohur tumanida – 360,5 ming kishi;
Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi;
Uchtepa tumanida – 293,5 ming kishi;
Yashnobod tumanida – 289,4 ming kishi;
Chilonzor tumanida – 271,9 ming kishi;
Sergeli tumanida – 162,3 ming kishi;
Yangihayot tumanida – 161 ming kishi;
Mirobod tumanida – 150,1 ming kishi;
Yakkasaroy tumanida –126,9 ming kishi;
Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi.
Yangiliklar lentasi
0