Denis Matsuyev Toshkentda konsert beradi — sana va manzil

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishToshkentda Denis Matsuyevning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi
Toshkentda Denis Matsuyevning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Matsuyev o‘z konsertida Bethoven, Shubert, Shopen, Moshkovskiy, Pulenk, Chaykovskiy va Sergey Rahmaninovning sara asarlarini ijro etadi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkentda Denis Matsuyevning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida 23-oktabr kuni Denis Matsuyevning “Yana bir bor. Gendeldan Rahmaninovgacha” nomli yakkaxon konserti o‘tkaziladi.

“Matsuyev o‘z konsertida Bethoven, Shubert, Shopen, Moshkovskiy, Pulenk, Chaykovskiy va, albatta, Sergey Rahmaninovning toj asarlarini ijro etadi”, - deyiladi xabarda.

Denis Matsuyev ajoyib pianino sozandasi, rus fortepiano maktabi an’analarining davomchisidir. Matsuyevning chiqishlari konsert dasturlarining bir zayldagi oliy sifati, ilg‘or peshqadamligi hamda badiiy talqinlarning teranligi bilan alohida ajralib turadi.
Yangiliklar lentasi
0