https://oz.sputniknews.uz/20230809/qatar-biznes-delegatsiyalari-yangi-toshkent-shahri-loyihalari-37700851.html
Qatar Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishi mumkin
Qatar Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
2023-08-09T10:28+0500
2023-08-09T10:28+0500
2023-08-09T11:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qatar
uchrashuv
shavkat umurzoqov
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/09/37700981_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_a137afc2cb7f783288b191c226ea9c11.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Kecha, 8-avgust kuni, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika, turizm, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.Hasan Hamza Hoshim Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekistonga tashrifi tarixiy tashrif bo‘lgani, bunda 15 dan ortiq shartnomalar imzolangani va juda ko‘p sohalarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda amaliy ishlar boshlab yuborilganligini bildirdi. Hamkorlikning istiqbollari katta ekanligini ta’kidladi.Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/09/37700981_10:0:1215:904_1920x0_80_0_0_bf85d35d462bfe99ed446f62c7ed1dfc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qatar yangi toshkent shahri
qatar yangi toshkent shahri
Qatar Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishi mumkin
10:28 09.08.2023 (yangilandi: 11:18 09.08.2023) Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Kecha, 8-avgust kuni, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika, turizm, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Shavkat Umurzoqov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrifi doirasida Samarqand shahrida imzolangan Toshkent va Doha shaharlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha Anglashuv memorandumi ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasini tayyorlash, Qatarning biznes delegatsiyalarini Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishga taklif qilish, Qatarda O‘zbekistonning ziyorat turizmi manzilgohlarini targ‘ib qilishni tashkil etishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish borasida fikr bildirdi.
Hasan Hamza Hoshim Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekistonga tashrifi tarixiy tashrif bo‘lgani, bunda 15 dan ortiq shartnomalar imzolangani va juda ko‘p sohalarda o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda amaliy ishlar boshlab yuborilganligini bildirdi. Hamkorlikning istiqbollari katta ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.