https://oz.sputniknews.uz/20230809/ozbekiston-tadbirkorlar-alibabacom-savdo-37711727.html
Tadbirkorlar "Alibaba"da savdo qilishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi — vazirlik
Tadbirkorlar "Alibaba"da savdo qilishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi — vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “alibaba.com” savdo platformasi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi.
2023-08-09T18:53+0500
2023-08-09T18:53+0500
2023-08-09T18:53+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
savdo
oziq-ovqat
qishloq xo‘jaligi vazirligi
tekstil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0b/30658262_0:258:2727:1792_1920x0_80_0_0_2a203554b5641660eca0ea91aa6410e2.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. "Alibaba" platformasi orqali savdo qiladigan o‘zbekistonlik tadbirkorlar soni oshiriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Alibaba group” strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Zou bilan uchrashdi. Unda “alibaba.com” savdo platformasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, hozirda 118 ta oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tekstil korxonalari va boshqa yo‘nalishdagi korxonalarning 8000 dan ortiq mahsulotlari Alibaba.com savdo bozorida sotilmoqda.Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yangi hamkorlik ularning sonini yanada oshirish maqsadida o‘rnatilmoqda. Ma’lumot uchun, kompaniya vakillari Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan ham uchrashishdi. Unda "Alibaba" kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishi muhokama etildi.Eslatib o‘tamiz, "Alibaba" platformasida O‘zbekistonning milliy onlayn savdo maydoni ishga tushishi ma’lum qilingandi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0b/30658262_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_0fa223a0b08118e0a6fc7168076b75e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tadbirkorlar alibaba.com savdo
o‘zbekiston tadbirkorlar alibaba.com savdo
Tadbirkorlar "Alibaba"da savdo qilishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi — vazirlik
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “alibaba.com” savdo platformasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirmoqchi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. "Alibaba" platformasi orqali savdo qiladigan o‘zbekistonlik tadbirkorlar soni oshiriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Alibaba group” strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Zou bilan uchrashdi. Unda “alibaba.com” savdo platformasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, hozirda 118 ta oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tekstil korxonalari va boshqa yo‘nalishdagi korxonalarning 8000 dan ortiq mahsulotlari Alibaba.com savdo bozorida sotilmoqda.
Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yangi hamkorlik ularning sonini yanada oshirish maqsadida o‘rnatilmoqda.
“Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Keyinchalik O‘zbekiston tomoni Xitoyga boradi. Shundan keyin savdo boshlanadigan aniq sana ma’lum bo‘ladi”, - dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Dilshod Nazarov Sputnik muxbiriga.
Ma’lumot uchun, kompaniya vakillari Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan ham uchrashishdi. Unda "Alibaba" kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishi
muhokama etildi.Eslatib o‘tamiz, "Alibaba" platformasida O‘zbekistonning milliy onlayn savdo maydoni ishga tushishi
ma’lum qilingandi.