O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi MDH o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi og‘ir atletika, yengil atletika, kamondan otish sport turlarida 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza medallariga ega chiqdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborova MDH o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Belarus bo‘ylab ikkinchi MDH o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi og‘ir atletika, yengil atletika, kamondan otish sport turlarida 1 ta oltin, 2 tadan kumush hamda bronza medallariga ega chiqdi.

"Jabborova Belarus va turkmanistonlik raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi", - deyiladi xabarda.

Natijalar:
oltin medal: Tursunoy Jabborova (og‘ir atletika, +87 kg);
kumush medal: Azizbek Xudoyberdiyev (yengil atletika, nayza uloqtirish), Rigina Adashbayeva (og‘ir atletika, -87 kg).
bronza medal: Kamondan otish bo‘yicha jamoaviy dastur (S.Jo‘raqulova, J.Nurmonova, D.Ftixova, O.Ergasheva), Sunnatilla O‘sarov (og‘ir atletika, -96 kg)
Eslatib o‘tamiz, II MDH o‘yinlarida medallar xajmi bo‘yicha O‘zbekiston 3-o‘rinda ketmoqda. Hozirga qadar, sportchilar 8 ta oltin, 13 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga ulgurishdi. O‘zbekistonda umumiy hisobda 38 ta medal bor. Musobaqada eng ko‘p medallarga rossiyalik sportchilar (125) ega chiqishdi. Belarus jamoalari esa 94 ta medal bilan ikki o‘rinda bormoqda.
© NOK
Delegatsiya Uzbekistana zavoyevala 1 zolotuyu, po 2 serebranie i bronzovie medali po razlichnim vidam sporta - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© NOK
Delegatsiya Uzbekistana zavoyevala 1 zolotuyu, po 2 serebranie i bronzovie medali po razlichnim vidam sporta - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© NOK
Delegatsiya Uzbekistana zavoyevala 1 zolotuyu, po 2 serebranie i bronzovie medali po razlichnim vidam sporta - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© NOK
Delegatsiya Uzbekistana zavoyevala 1 zolotuyu, po 2 serebranie i bronzovie medali po razlichnim vidam sporta - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0