https://oz.sputniknews.uz/20230809/bostonliq-chimyon-xalqaro-umummavsumiy-kurort-37702446.html
Bo‘stonliqda “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi
Bo‘stonliqda “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Kurortini qurish maqsadida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.
2023-08-09T10:35+0500
2023-08-09T10:35+0500
2023-08-09T11:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
fransiya
toshkent viloyati
chorvoq suv ombori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/17/14825376_0:113:2592:1571_1920x0_80_0_0_fa521416b9906c9a31783479d9361dc5.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi. Bu 8-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.“Chimon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish maqsadida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.Loyiha doirasida Milliy bank tomonidan 20 million dollar miqdorida taqdim etiladigan kreditning garov ta’minoti sifatida “Beldirsoy-Chimon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi” davlat unitar korxonasi tomonidan sotib olinadigan uskunalar belgilandi.Qayd etilishicha, Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini quradi. "Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi loyiha doirasida 2 515 m balandlikdagi o‘rta-stansiyasigacha vaqtinchalik yo‘l o‘tkazadi.“O‘zbektelekom” telekommunikatsiya tarmoqlarini tortish va o‘rnatish ishlarini bajaradi.Hujjat bilan transport tashkilotlari avtomobil yo‘llarida og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi uchun to‘lovlardan ozod etildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Beldersoy – Chimon – Nanay" xalqaro kurortini tashkil etish doirasida "Chimon" dam olish maskani qurilishi ma’lum qilingandi. Kurort bunday inshootlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi.
o‘zbekiston
chorvoq suv ombori
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/17/14825376_163:0:2467:1728_1920x0_80_0_0_276f634d9f7df5c17fd74b16885ac186.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chimon kurort qaror
Bo‘stonliqda “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi
10:35 09.08.2023 (yangilandi: 11:15 09.08.2023) Kurortni qurish maqsadida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi. Bu 8-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish maqsadida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 47,9 million yevro miqdoridagi qarz mablag‘larini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Loyiha doirasida Milliy bank tomonidan 20 million dollar miqdorida taqdim etiladigan kreditning garov ta’minoti sifatida “Beldirsoy-Chimon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi” davlat unitar korxonasi tomonidan sotib olinadigan uskunalar belgilandi.
Qayd etilishicha, Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini quradi. "Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi loyiha doirasida 2 515 m balandlikdagi o‘rta-stansiyasigacha vaqtinchalik yo‘l o‘tkazadi.
“O‘zbektelekom” telekommunikatsiya tarmoqlarini tortish va o‘rnatish ishlarini bajaradi.
Hujjat bilan transport tashkilotlari avtomobil yo‘llarida og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi uchun to‘lovlardan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Beldersoy – Chimon – Nanay" xalqaro kurortini tashkil etish doirasida "Chimon" dam olish maskani qurilishi ma’lum qilingandi. Kurort bunday inshootlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland
nuqtaga aylanadi.