Bosh prokurorga ikki o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Ilya PitalevPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar tayinlandi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Adliya katta maslahatchisi Sherzod To‘xtaboyev O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
To‘xtaboyev tayinlovga qadar bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Adliya katta maslahatchisi Jahongir Hatamov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hatamov tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Avvalroq Ikrom Narimov transport prokurori lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0