NATO Belarus chegarasi yaqinida 360 minglik armiya to‘pladi — Shoygu

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishSergey Shoygu
Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri Rossiya g‘arbiy chegaralarida paydo bo‘layotgan asosiy tahdidlar haqida aytib o‘tdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Polsha AQShning Rossiyaga qarshi siyosatining asosiy quroliga aylandi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 9-avgust kuni MV kollegiyasida. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya mudofaa vaziri bayonotidan asosiy fikrlar:

Varshava "Polsha-Ukraina" doimiy qo‘shma armiyasi yaratish niyatida, go‘yoki xavfsizlik uchun, lekin aslida — g‘arbiy Ukrainani bosib olish uchun;
Ushbu maqsadda Polsha AQSh, Britaniya va Janubiy Koreyadan ulkan miqdorlarda qurol-aslaha sotib olmoqda;
Ittifoqchi davlat (Belarus - tahr.) chegaralari yaqinida Sharqiy Yevropa davlatlari hududida, NATOning 360 ming askar, 8 ming zirhli texnika, 6 ming artilleriya va 650 ta samolyot va vertolotlarga ega bo‘lgan qo‘shinlar guruhi joylashtirilgan;
Finlyandiya va kelajakda Shvetsiyaning NATOga kirishi — Rossiya chegaralari yaqinidagi jiddiy beqarorlashtiruvchi omil bo‘ladi;
Finlyandiya hududida NATO Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi muhim nishonlarga zarba berishga qodir bo‘lgan qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishi mumkin;
Rossiya Qurolli kuchlari o‘z g‘arbiy chegaralarda qo‘shinlar guruhlarini kuchaytiradi;
O‘tgan yilning fevral oyidan beri G‘arb Ukrainaga yuzlab tanklar, 4 mingdan ortiq zirhli texnika, 1,1 mingdan ortiq artilleriya, o‘nlab reaktiv va havo mudofaa tizimlari yetkazib berdi;
Vashington mojaroning yanada kuchayishi uchun asos yaratmoqda va vaziyatni keskn o‘zgartirish uchun Kiyevga mablag‘ sarflamoqda;
Rossiya maxsus operatsiyasi qo‘yilgan maqsad va belgilangan rejalarga muvofiq davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari 9-avgust kuni Kupansk, Donesk, Zaporojye va Krasniy Liman yo‘nalishlarida dushmanning o‘ndan ortiq hujumlarini qaytardi. O‘tgan sutkada Ukraina 800 nafarga yaqin askarini yo‘qotdi...
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5600 ta uchuvchisiz uchish apparati, 428 ta zenit-raketa majmuasi, 11 204 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1144 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 5819 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, 12155 dona maxsus harbiy avtomobil texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0