Zaxarova: AQShning Rossiya Ukrainaga oid muloqotdan voz kechayotgani haqidagi bayonoti yolg‘on

© Sputnik / Press-slujba MID RFMariya Zaxarova, arxiv surat
Mariya Zaxarova, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kiyev rejimi 2022-yil sentabrida Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini taqiqlashi tashabbuskori bo‘lgan.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. AQSh Davlat departamentining Rossiya go‘yoki Ukrainaga oid muloqotdan bosh tortgani haqidagi bayonoti yolg‘on va uydirmadir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Zaxarova Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Millerning “hozir Rossiya bilan hech qanday tinchlik muzokaralari olib borilmayapti, chunki Rossiya sulh to‘g‘risidagi mazmunli muloqotga qo‘shilishdan bosh tortdi” deb aytgan so‘zlariga e’tibor qaratgan.
“Qanday yolg‘onchilar-a! O‘zlari Zelenskiyga (Ukraina prezidenti – tahr.) 2022-yil aprelida muzokaralarni bas qilishni aytishganini juda yaxshi bilishadi, o‘zlari Kiyev rejimi 2022-yil sentabrida Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini taqiqlashi tashabbuskori bo‘lishgan, o‘zlari bir yil muzokaralar fursati emas deb bir necha bor oshkora ma’lum qilishgan, baribir Rossiyani ayblashmoqda”, - deya munosabat bildirgan Zaxarova Miller bayonotiga.
Yangiliklar lentasi
0