Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina "qarshi hujumda" yuzlab askar yo‘qotmoqda: MV 8-avgust hisoboti

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota artillerii VS RF v zone SVO
Rabota artillerii VS RF v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari Kupansk, Donesk, Janubiy Donesk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida kun davomida o‘nlab muvaffaqiyatsiz hujumlarini davom ettirdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 8-avgust hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi hujum otradlari keng front chizig‘ida hujum ga o‘tib Xarkov viloyati, Olshana qishlog‘i yaqinida yanada qulay pozitsiyalarni egalladi. LXRning Novoselovskoe va Xarkov viloyatidagi Sinkovka aholi punktlari hududlarida UQKning 25 havo desant, 14, 32, 67 mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalarining 9ta hujumi va qarshi hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi.
Artilleriya va aviatsiya Xarkov viloyatidagi Dvurechnaya, Petropavlovka, Kraxmalnoe va Kupansk aholi punktlari hududlarida dushmanning ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joylarga zarba berdi.
Ushbu yo‘nalishda kun davomida 110 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina va ikkita D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Artemovsk, Klesheyevka va Zaytsevo aholi punktlari hududlaridaUQKning 17-tank, 23 va 60-mexanizatsiyalashgan, 5-hujum, 80-havo-desant hujumi brigadalarining 18 ta hujumni muvaffaqiyatli qaytardi.
Bundan tashqari, Kurdumovka va Seversk aholi punktlari hududlarida UQKning 28 va 54-mexanizatsiyalashgan brigadalarining harbiy kuchi to‘plangan pozitsiyalarga zarba berildi. Kun davomida 210 nafargacha harbiy xizmatchi, bitta tank, to‘rtta BMP, oltita pikap va uchta D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Nikolskoe va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 37-dengiz piyodalari brigadasining uchta hujumni muvaffaqiyatli qaytardi.
Operatsion-taktik artilleriya va armiya aviatsiyasi DXRning Staromayorskoe va Zaporoje viloyatining Priyutnoe aholi punktlari hududlarida UQKning 31-mexanizatsiyalashgan brigadasi, 110, 128-hududiy mudofaa brigadalarining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyalarga zarba berdi. Kun davomida dushmanning yo‘qotishlari 125 nafar harbiy xizmatchi, 8ta zirhli jangovar mashina va ikkita D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Novoyegorovka, Jitlovka va Terni aholi punktlari hududlarida dushmanning 68 piyoda, 21 va 67 mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta hujumni muvaffaqiyatli qaytardi.
LXRning Novovodanoe, Chervonopopovka, Chervonaya Dibrova va DXRning Krasniy Liman aholi punktlari hududlarida 44, 63 va 66 mexanizatsiyalashgan brigadalari hamda 1-maxsus kuchlar brigadasi to‘plangan hududlarga artilleriya va aviatsiya zarbasi berildi.
UQKning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 80 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, ikkita yengil avtomobil, "Grad" reaktiv o‘t ochish tizimi jangovar mashinasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya artilleriyasi va aviatsiyasi tomonidan Zagornoe, Orexov, Malaya Tokmachka va Novoselovka aholi punktlari hudularida Ukraina Qurolli Kuchlarining 44-artilleriya, 46, 65, 118-mexanizatsiyalashgan brigadalari jamlangan pozitsiyalarga oldini oluvchi zarbalar berildi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda 110 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, beshta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Pion" o‘ziyurar to‘pi, "Msta-B" artilleriya tizimi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 to‘pi va Britaniyaning "FH-70" gaubitsasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va uchta D-20 gaubitsasini yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 143 ta tumanda joylashgan 122 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Krasnoarmeysk aholi punkti hududida Ukraina qo‘shinlarining "Xortitsa" birlashgan guruhining ilg‘or qo‘mondonlik punktiga zarba berildi.
Shuningdek, Zaporoje shahri, Xarkov viloyatining Cherneshchina va Neskuchnoe aholi punktlari yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya, 43, 66 mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Havo mudofaa tizimlari kun davomida beshta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketalarini tutib oldi.
LXRning Lisichansk, DXRning Donesk, Artemovsk, Volnovaxa, Zaporoje viloyatidagi Pologi, Tokmak, Gulyaipole va Xersondagi Staraya Zburevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 17 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5 565 ta uchuvchisiz uchish apparati, 428 ta zenit-raketa tizimi, 11 185 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1 144 ta ko‘p sonli jangovar texnika, 80 ta raketa dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12137 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0