Toshkent viloyati Zangiota tumaniga yangi hokim tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

Erkin Rustamov
Erkin Rustamov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Zangiota tumani hokimi lavozimiga Erkin Rustamov tayinlandi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Aytilishicha, Zangiota tumani hokimi lavozimiga Erkin Rustamov tayinlandi. Rustamov Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining qarori bilan mazkur lavozimga tayinlandi.
U lavozimga tayinlangunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Erkin Rustamov 1984-yili Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005-yil Toshkent davlat texnika Universitetining bakalavr hamda 2007-yil mazkur oliygohning magistraturalarini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi.
Yangiliklar lentasi
0