Toshkentga 180 kg go‘sht mahsulotini hujjatlarsiz olib kirishning oldi olindi

© press-slujba GUVD TashkentaToshkentga 180 kg go‘sht mahsulotini hujjatlarsiz olib kirishning oldi olindi
Toshkentga 180 kg go‘sht mahsulotini hujjatlarsiz olib kirishning oldi olindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, go‘sht mahsuloti Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Toshkent shahriga go‘sht mahsulotlarini tegishli hujjatlarsiz olib kirish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari bilan birga reyd davomida shaharga sifatsiz go‘sht mahsulotlari olib kirish holatini aniqladi.
“Erkin” YPX maskanida 29 yoshli Xusniddin N. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganida, uning yukxonasida qog‘ozga o‘ralgan 180 kg yirik shoxli mol go‘sht maxsulotlari borligi aniqlandi. Shunday qilib, Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 180 kg go‘sht mahsulotlarini tegishli hujjatlarsiz poytaxtga olib kirish fakti oldi olindi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, go‘sht mahsuloti Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0